Logo

O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Mart 31, 2026. 19:16 • 2 daq

145
O‘zbekiston Prezidenti Qozog‘iston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

TOSHKENT, 30-mart. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, suhbat avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yaqin do‘stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Parlamentlar, hukumatlar, hududlar va ishbilarmon doiralar darajasida amalga oshirilayotgan faol hamkorlik munosabatlari katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Taʼkidlanganidek, qo‘shma Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat yuritmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror o‘sib bormoqda, sanoat, energetika, transport, ekologiya va suvdan foydalanish sohalarida kooperatsiya aloqalari izchil kengaymoqda.

Uchrashuv chog‘ida iqtisodiy loyihalarni jadallashtirish, nodir metallar sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sayyohlik oqimini yana-da ko‘paytirish, gumanitar almashinuv dasturlarini, shu jumladan, kosmos va kreativ iqtisodiyot sohalarida tobora kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar kun tartibini puxta tayyorlash muhimligi taʼkidlandi. Xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish