O'zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Boku shahriga keldi
Iyul 02, 2025. 14:11 • 27 soniya
• 461
TOSHKENT, 2-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan bugun davlat tashrifi bilan Boku shahriga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, poytaxtdagi Haydar Aliyev nomidagi aeroportda davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o'rinbosari Yaqub Ayubov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko'tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Dasturga muvofiq, bugun Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig'ilishi va boshqa tadbirlar bo'lib o'tadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi