O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Budapesht shahriga keldi
May 20, 2025. 00:11 • 36 soniya
• 108
TOSHKENT, 19-may. /"Dunyo" AA/. Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga bugun rasmiy tashrif bilan Budapesht shahriga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, samolet oldida O'zbekiston yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko'tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 20-may kuni oliy darajadagi O'zbekiston-Vengriya muzokaralari bo'lib o'tadi.
Davlatimiz rahbari Vengriyaning rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o'tkazadi.
O'zbekiston Prezidenti 21-may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi