Logo

O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Sloveniyaga keldi

May 21, 2025. 23:24 • 41 soniya

124
O'zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Sloveniyaga keldi

TOSHKENT, 21-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan bugun rasmiy tashrif bilan Lyublyanaga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, samolyot oldida O'zbekiston Prezidentini Bosh vazir o'rinbosari – tashqi ishlar vaziri Tanya Fayon va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Yoje Puchnik nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko'tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O'zbekiston yetakchisi Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar bilan muzokaralar o'tkazadi, mamlakat parlamenti va hukumati rahbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazadi, qo'shma biznes forumida ishtirok etadi.

O'zaro manfaatli savdo-iqtisodiy sheriklikni rivojlantirish, sanoat, farmatsevtika, elektrotexnika, "yashil" energetika, qishloq xo'jaligi sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, mehnat migratsiyasi bo'yicha hamkorlik va gumanitar aloqalarni kengaytirish masalalari ko'rib chiqiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish