O'zbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga keldi
Avgust 04, 2025. 19:48 • 29 soniya
• 86

TOSHKENT, 4-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning taklifiga binoan bugun amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
O'zbekiston yetakchisi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Turkmanboshi shahri aeroportida davlatimiz rahbarini Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov kutib oldi.
O'zbekiston Prezidenti 5-avgust kuni BMTning Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo'yicha uchinchi konferensiyasida, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko'rish masalalariga bag'ishlangan maxsus tadbirda ishtirok etadi hamda qator ikki tomonlama muzokaralar o'tkazadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga jo‘nab ketdi