Logo

O'zbekiston Prezidenti BRIKS Yangi taraqqiyot banki rahbarini qabul qildi

Iyun 09, 2025. 18:09 • 44 soniya

527
O'zbekiston Prezidenti BRIKS Yangi taraqqiyot banki rahbarini qabul qildi

TOSHKENT, 9-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan BRIKS Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, ushbu ko'p tomonlama moliyaviy institut bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

O'tgan yil oktyabr oyidagi BRIKS sammiti doirasida erishilgan kelishuvlar izchil amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Xususan, bankning Boshqaruvchilar kengashi tomonidan O'zbekiston Yangi taraqqiyot bankiga a'zo bo'lishiga prinsipial rozilik berildi. Umumiy qiymati 5 milliard dollarlik birinchi navbatdagi qo'shma loyihalar dasturi shakllantirildi.

Davlatimiz rahbari irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, tog'-kon sanoatini rivojlantirish, xususiy sektorni moliyalashtirish, ta'lim va infratuzilma sohalarida davlat-xususiy sheriklikni ilgari surish kabi ustuvor yo'nalishlarda loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini ta'kidladi.

Shuningdek, yirik mintaqaviy infratuzilma loyihalari qo'llab-quvvatlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish