O'zbekiston Prezidenti Butunjahon triatlon ittifoqi rahbarini qabul qildi
May 26, 2025. 18:36 • 40 soniya
• 588
TOSHKENT, 26-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqand shahridagi triatlon va paratriatlon bo'yicha jahon kubogi doirasida mamlakatimizda bo'lib turgan Butunjahon triatlon ittifoqi rahbari Antonio Fernandes Arimanini qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, ushbu nufuzli global tashkilot bilan mazkur sport turini ommalashtirish va O'zbekistonda milliy triatlon maktabini qo'llab-quvvatlash borasidagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.
Mamlakatimizda triatlon jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Milliy federatsiya faoliyat ko'rsatmoqda, muntazam ravishda xalqaro musobaqalar o'tkazilmoqda, o'zbekistonlik sportchilar qit'a va jahon reytinglarida o'z o'rinlarini mustahkamlab bormoqda.
Sportchilar, murabbiylar, hakamlar va sport menejerlarini tayyorlash, zamonaviy infratuzilmani yaratish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va ekspert ko'magi dasturlarini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi