Logo

O'zbekiston Prezidenti O'mon savdo, sanoat va investitsiyalarga ko'maklashish vazirini qabul qildi

Iyun 11, 2025. 19:13 • 41 soniya

56
O'zbekiston Prezidenti O'mon savdo, sanoat va investitsiyalarga ko'maklashish vazirini qabul qildi

TOSHKENT, 11-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan O'mon savdo, sanoat va investitsiyalarga ko'maklashish vaziri Qays bin Muhammad al-Yusufni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon O'zbekiston Prezidentiga O'mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomini yetkazdi.

Amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot va investitsiya sohalarida kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.

Turli darajalardagi faol muloqotlar mamnuniyat bilan qayd etildi. Forum doirasida Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig'ilishi va ishbilarmon doiralarning uchrashuvlari bo'lib o'tadi.

Energetika, geologiya, oziq-ovqat, to'qimachilik, kimyo sanoati, transport va logistika, turizm, moliya sohalarida qo'shma loyihalarni, shu jumladan O'zbekiston-O'mon investitsiya kompaniyasining faol ko'magida ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish