O'zbekiston Prezidenti Qirg'iziston Vazirlar Mahkamasi Raisini qabul qildi
Iyun 10, 2025. 20:18 • 41 soniya
• 58
TOSHKENT, 10-iyun. /"Dunyo" AA/.Toshkent investitsiya forumi doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg'iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi - Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Kasimaliyevni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, suhbat avvalida Adilbek Kasimaliyev O'zbekiston yetakchisiga Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O'zbekiston bilan Qirg'iziston o'rtasidagi do'stlik va keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, savdo hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalari ko'rib chiqildi.
Energetika va transport kommunikatsiyalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni, shu jumladan Qambarota GES-1 va "Xitoy - Qirg'iziston – O'zbekiston" temir yo'li qurilishini jadallashtirishga alohida e'tibor qaratildi.
Joriy yilda o'tkaziladigan Hukumatlararo komissiya va Hududlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig'ilishlarini samarali tashkil etish muhimligi ta'kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi