O'zbekiston Prezidenti Rossiyaning yoqilg'i-energetika sohasidagi yetakchi kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi
May 13, 2025. 20:17 • 27 soniya
• 96
TOSHKENT, 13-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun "O'zbekiston neft va gazi" xalqaro forumi doirasida Toshkent shahrida bo'lib turgan Rossiyaning "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Rossiyaning yoqilg'i-energetika sohasidagi yetakchi kompaniyasi bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Neft mahsulotlarini yetkazib berish, qazib olinishi qiyin bo'lgan konlarni o'zlashtirish va sohani raqamlashtirish borasidagi sheriklikni rivojlantirish imkoniyatlari ko'rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi