O'zbekiston Prezidenti Ozarbayjon Bosh vazirini qabul qildi
Iyun 10, 2025. 19:48 • 51 soniya
• 44
TOSHKENT, 10-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizda bo'lib turgan Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadovni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv avvalida oliy martabali mehmon O'zbekiston yetakchisiga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O'zbekiston bilan Ozarbayjon o'rtasidagi do'stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da kengaytirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.
Iqtisodiy kooperatsiya yili doirasida birgalikda samarali ishlar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, jumladan, qo'shma Investitsiya kompaniyasi ko'magida amalga oshirilayotgan kooperatsiya loyihalari qizg'in pallaga kirgan. Faol madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etmoqda.
Erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish va bo'lajak oliy darajadagi uchrashuv uchun yangi tashabbuslarni ilgari surish maqsadida hukumatlar darajasida yaqindan amaliy hamkorlikni davom ettirish muhim ekani ta'kidlandi.
Shu ma'noda, Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig'ilishi va ikki mamlakat hududlari forumining yuqori natijadorligini ta'minlash zarurligi ko'rsatib o'tildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Imperatori bilan uchrashdi