Logo

O'zbekiston Prezidenti Qozog'iston Bosh vazirini qabul qildi

Iyun 10, 2025. 20:06 • 41 soniya

37
O'zbekiston Prezidenti Qozog'iston Bosh vazirini qabul qildi

TOSHKENT, 10-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent xalqaro investitsiya forumi tadbirlarida ishtirok etayotgan Qozog'iston Bosh vaziri Oljas Bektenovni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv avvalida Oljas Bektenov O'zbekiston yetakchisiga Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.


Oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar doirasida O'zbekiston-Qozog'iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.


Tovar ayirboshlash barqaror ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Avtosanoat, elektrotexnika, to'qimachilik, metallurgiya, farmatsevtika, qurilish, qishloq xo'jaligi tarmoqlarida loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.


O'zaro savdoni ko'paytirish va ustuvor tarmoqlarda, shu jumladan hududlar darajasida sanoat kooperatsiyasining uzoq muddatli dasturini shakllantirish bo'yicha ikki mamlakat hukumatlari tomonidan muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar ko'rilishi muhim ekani qayd etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish