O'zbekiston Prezidenti Tojikiston Bosh vazirini qabul qildi
Iyun 10, 2025. 20:29 • 44 soniya
• 62
TOSHKENT, 10-iyun. /"Dunyo" AA/. Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv avvalida Qohir Rasulzoda O'zbekiston yetakchisiga Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O'zbekiston-Tojikiston do'stlik, yaxshi qo'shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi doirasida yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi.
Ko'p qirrali hamkorlikda yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmi ortmoqda, sanoat, energetika, elektrotexnika, to'qimachilik, qishloq xo'jaligi va boshqa ustuvor tarmoqlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Samarali hududlararo aloqalar va faol madaniy-gumanitar almashinuv yo'lga qo'yilgan.
Sheriklikning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish, tovar ayirboshlashni ko'paytirish bo'yicha ta'sirchan choralarni ishlab chiqish, kooperatsiya va chegaraoldi hamkorlik loyihalarini faol ilgari surish muhim ekani ta'kidlandi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya Imperatori bilan uchrashdi