Logo

O'zbekiston Prezidenti iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha maslahatchini qabul qildi

Noyabr 22, 2024. 21:41 • 48 soniya

229
O'zbekiston Prezidenti iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha maslahatchini qabul qildi

TOSHKENT, 22-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo'yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, "O'zbekiston - 2030" strategiyasini joriy yilgi davlat dasturi doirasida amalga oshirishning holati hamda kelgusi yilda islohotlarni yana-da ilgari surish istiqbollari ko'rib chiqildi.

Davlat boshqaruvida kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Uchrashuvda O'zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish jarayoni doirasidagi keyingi qadamlar muhokama qilindi. Milliy qonunchilikni JST qoidalari va talablari bilan uyg'unlashtirishni jadallashtirish, shuningdek, mamlakatning global reytinglardagi o'rnini yaxshilash bo'yicha ishlarni davom ettirish zarurligi qayd etildi.

Prezidentimiz rejalashtirilgan barcha loyihalarni o'z vaqtida amalga oshirish, strategik islohotlar kun tartibini yangi tashabbuslar bilan, ayniqsa mamlakatimizda e'lon qilingan Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil" iqtisodiyot yilidagi vazifalarni hisobga olib yana-da boyitish muhimligini ta'kidladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish