Logo

O'zbekiston Prezidenti Ozarbayjonning Ag'dam shahrida IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi

Iyul 03, 2025. 21:05 • 45 soniya

520
O'zbekiston Prezidenti Ozarbayjonning Ag'dam shahrida IHT sammitining madaniy tadbirlarida ishtirok etdi

TOSHKENT, 3-iyul. /"Dunyo" AA/. Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 17-sammiti doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev hamrohligida Ag'dam shahridagi "Imorat" tarixiy-me'moriy majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston yetakchisi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, bu yerga Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a'zo mamlakatlar delegatsiyalari rahbarlari ham keldi.


Ag'dam shahri Ozarbayjonning g'arbiy qismida, Qorabog' tumanida joylashgan. 2021-yildan boshlab shahar infratuzilmasi faol tiklanmoqda: yangi maktablar, bolalar bog'chalari, uy-joylar, ma'muriy binolar qurilmoqda.


"Imorat" majmuasida Qorabog' xonligi asoschisi Panoh Alixonning saroyi va maqbarasi joylashgan. 2024-yilda majmua restavratsiya ishlari va arxeologik tadqiqotlardan so'ng qayta ochildi.


Bu yerda Qorabog' tulporlari parki va interaktiv muzey tashkil etilgan.


Yetakchilar majmuada yaratilgan sharoitlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Mehmonlar e'tiboriga Ozarbayjon Qorabog'ining boy madaniyati va an'analarini aks ettiruvchi Qorabog' tulporlari ishtirokidagi "Zafar" nomli madaniy dastur taqdim etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish