O'zbekiston Prezidenti "OTP Bank Group"ning O'zbekistondagi faoliyatini kengaytirish borasidagi rejalarini olqishladi
May 20, 2025. 16:49 • 33 soniya
• 83
TOSHKENT, 20-may. /"Dunyo" AA/. Rasmiy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "OTP Bank Group" direktorlar kengashi raisi Shandor Chani bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, bankning mamlakatimiz bank-moliya bozoridagi faoliyati 2023-yildan buyon jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
O'zbekiston Prezidenti avtokreditlashni rivojlantirish va biznes loyihalarini moliyalashtirishga doir qo'shma dasturlarni olqishladi.
Parrandachilik klasterini tashkil etish bo'yicha yirik loyihani tez fursatda amalga oshirish muhimligi qayd etildi.
Toshkent viloyatidagi sanoat parkida Vengriya kompaniyalari loyihalarini ilgari surish va qo'llab-quvvatlash ustuvor yo'nalish sifatida qayd etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya xalqaro hamkorlik banki boshqaruvchisini qabul qildi