O'zbekiston Prezidenti Rossiyaning yetakchi neft-gaz kompaniyasi bilan hamkorlikning istiqbolli rejalarini ko'rib chiqdi
Iyul 08, 2025. 21:11 • 27 soniya
• 551
TOSHKENT, 8-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun "Gazprom neft" kompaniyasi boshqaruvi raisi Aleksandr Dyukovni qabul qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, Rossiyaning ushbu yetakchi kompaniyasi bilan neft-gaz majmuasida o'zaro manfaatli hamkorlikni tegishli "yo'l xaritasi"ga muvofiq rivojlantirishning istiqbolli rejalari ko'rib chiqildi.
Geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, murakkab konlarni o'zlashtirish, sohani raqamlashtirish, talab yuqori bo'lgan mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha qo'shma chora-tadbirlar va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi