O'zbekiston Prezidenti Qarag'andi viloyatidagi konda ro'y bergan portlash oqibatida insonlar halok bo'lgani va jarohat olgani munosabati bilan Qozog'iston Prezidentiga hamdardlik bildirdi
Oktabr 28, 2023. 21:13 • 46 soniya
• 254
TOSHKENT, 28-oktyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga Qarag'andi viloyatidagi Kostenko nomidagi konda ro'y bergan portlash oqibatida insonlar halok bo'lgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik yo'lladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov o'zining telegram-kanalida yozdi.
"Davlatimiz rahbari konda qolgan konchilar tezroq qutqarilishiga umid bildirdi", — deyiladi xabarda.
«Kazinform" axborot agentligining xabar berishicha, portlash 28 oktyabr kuni soat 2.33 da (Toshkentda — 1.33) Qarag'andi viloyatidagi "ArselorMittal Temirtau" kompaniyasiga tegishli Kostenko konida sodir bo'lgan. Voqea sodir bo'lgan paytda konda 252 kishi bo'lgan, ulardan 205 yer yuzasiga chiqarilgan. 33 kishining vafot etgani ma'lum. Boshqalar hali topilmadi, 20 kishi kasalxonaga yotqizilgan.
Qozog'iston Bosh prokuraturasi kondagi hodisa yuzasidan jinoiy ish qo'zg'atgan.
"Kazinform" xalqaro axborot agentligi surati
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga tashrif buyurdi
Toshkentda yirik issiqlik taʼminoti markazi ishga tushirildi