O'zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari mamlakatimizning Boku shahridagi elchixonasi yangi binosini ochdilar
Iyul 02, 2025. 22:20 • 38 soniya
• 491
TOSHKENT, 2-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida bugun mamlakatimizning Boku shahridagi elchixonasi yangi binosining ochilish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tadbirda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirok etdilar.
Yetakchilar ramziy tasmani kesib, diplomatik vakolatxonaning yangi binosini tantanali ravishda ochdilar.
Davlat rahbarlari diplomatlarning ikki mamlakat o'rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan samarali faoliyati uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Elchixona zallari O'zbekiston hududlari nomi bilan atalgan. Prezidentimiz xalqlarimiz o'rtasidagi do'stlik va hamjihatlik ramzi sifatida zallardan biriga Qorabog' nomini berishni taklif etdi.
Yakunda Prezidentlar elchixonaning Faxriy mehmonlar kitobiga tilaklarini yozib qoldirdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi