Logo

O'zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari birgalikda Xonkendi shahridagi tikuvchilik fabrikasiga tashrif buyurdilar

Iyul 03, 2025. 17:48 • 34 soniya

472
O'zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlari birgalikda Xonkendi shahridagi tikuvchilik fabrikasiga tashrif buyurdilar

TOSHKENT, 3-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Xonkendi shahriga keldi, deb xabar, bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz yetakchisi matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, davlatimiz rahbarini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev kutib oldi.


Bu yerda yetakchilar qo'shma tikuvchilik fabrikasi faoliyati bilan tanishdi.


Korxona Prezidentlar tomonidan 2024-yil noyabr oyida Bokuda bo'lib o'tgan BMT Iqlim sammiti doirasidagi uchrashuvda ishga tushirilgan edi.


Tikuvchilik fabrikasining maydoni 1,2 gektar. Loyihaning umumiy investitsiya qiymati 6,2 million dollarni tashkil etadi. Jami 800 ta ish o'rni yaratiladi.


Korxonada yiliga 3-5 million dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Tayyor mahsulotlar ham ichki bozorga, ham eksportga yetkazib beriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish