Logo

O'zbekiston va Bolgariya Prezidentlari Ko'ksaroy qarorgohida bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani imzoladilar

Iyun 10, 2025. 14:54 • 27 soniya

504
O'zbekiston va Bolgariya Prezidentlari Ko'ksaroy qarorgohida bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani imzoladilar

TOSHKENT, 10-iyun. /"Dunyo" AA/. Toshkent shahrida bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bolgariya Prezidenti Rumen Radev Ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyani imzoladilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, yetakchilar huzurida ikki tomonlama hujjatlar, jumladan, Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida 2026-2027-yillarga mo'ljallangan hamkorlik dasturi hamda Toshkent va Sofiya shaharlari o'rtasida sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi bitim almashildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish