Logo

O'zbekiston va Rossiya Prezidentlari Minsk shahridagi uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratdilar

Iyun 27, 2025. 21:21 • 31 soniya

242
O'zbekiston va Rossiya Prezidentlari Minsk shahridagi uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratdilar

TOSHKENT, 27-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun Minsk shahridagi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti doirasida uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

O'zaro tovar ayirboshlash ko'rsatkichlarining o'sish sur'atini ta'minlash, ustuvor kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlarning samarali aloqalari va faol madaniy-gumanitar almashinuvni qo'llab-quvvatlash borasida birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar mamnuniyat bilan qayd etildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish