O'zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot chog'ida savdo-iqtisodiy hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalarini muhokama qildilar
Iyul 08, 2025. 17:53 • 49 soniya
• 454
TOSHKENT, 8-iyul. /"Dunyo" AA/. Bugun O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning telefon orqali muloqoti bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Oliy darajada, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratildi.
Tovar ayirboshlash ko'rsatkichlarini oshirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini ilgari surish, hududlar darajasidagi samarali aloqalarni, faol madaniy-gumanitar va ta'lim almashinuvini kengaytirish maqsadida o'zaro muvofiqlashgan ishlar va amaliy idoralararo hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.
Shu ma'noda, joriy yilning kuzida o'tkazilishi rejalashtirilgan O'zbekiston va Rossiya hududlari kengashining ikkinchi yig'ilishiga puxta tayyorgarlik ko'rish va uning natijadorligini ta'minlash zarurligi ta'kidlandi.
Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar, bo'lajak tadbirlar rejasini ko'rib chiqdilar.
O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi