Logo

O'zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot chog'ida keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini ko'rib chiqdilar

Iyun 12, 2025. 01:43 • 48 soniya

57
O'zbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot chog'ida keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash masalalarini ko'rib chiqdilar

TOSHKENT, 11-iyun. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, suhbat avvalida O'zbekiston Prezidenti Rossiya yetakchisi va ko'p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan davlat bayrami - Rossiya kuni bilan samimiy tabrikladi.

O'zbekiston bilan Rossiya o'rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash, oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko'rib chiqildi.

O'zaro tovar ayirboshlash sur'atini saqlab qolish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida muvofiqlashtirilgan choralar ko'rishga alohida e'tibor qaratildi.

Ikki mamlakat hududlari darajasidagi faol almashinuvlar va amaliy hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta'kidlandi.

Shuningdek, O'zbekiston va Rossiyada madaniy tadbirlar muntazam o'tkazib kelinayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish