Logo

O'zbekiston va Ozarbayjon muzokaralari natijalari kelishuvlarda mustahkamlandi

Iyul 02, 2025. 19:40 • 49 soniya

498
O'zbekiston va Ozarbayjon muzokaralari natijalari kelishuvlarda mustahkamlandi

TOSHKENT, 2-iyun. /"Dunyo" AA/. Bugun Boku shahrida bo'lib o'tgan muzokaralar yakunida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig'ilishi qarorini qabul qildilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari huzurida qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi. Shu jumladan:

- Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi shartnomani 2025-2029-yillarda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi";

- Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik to'g'risida hukumatlararo bitim;

- Fan, kasb-hunar va oliy ta'lim sohalarida hamkorlik to'g'risida hukumatlararo bitim;

- 2025-2026-yillarga mo'ljallangan sanoat kooperatsiyasi dasturi;

- 2030-yilga qadar tovar ayirboshlashni 1 milliard dollarga yetkazish dasturi;

- 2025-2027-yillarda qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ta'minoti sohasidagi hamkorlikni yana-da rivojlantirish bo'yicha amaliy harakatlar rejasi;

- 2025-2027-yillarda ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik bo'yicha chora-tadbirlar rejasi;

- Kemachilik va kemasozlik sohasida hamkorlik to'g'risida bayonnoma;

- Toshkent viloyati va Sumgait shahri, Navoiy va Gabala shaharlari o'rtasida birodarlik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi kelishuvlar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish