O'zbekiston va Turkmaniston yetakchilarining Samarqand sammiti yakunlandi
Aprel 24, 2025. 19:21 • 32 soniya
• 928
TOSHKENT, 24-aprel. /"Dunyo" AA/. Bugun Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning Samarqand shahriga tashrifi yakunlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo "AA muxbiri.
Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, ikki kunlik tashrif doirasida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va oliy martabali mehmon ikki tomonlama muzokaralar o'tkazdilar, "Boqiy shahar" tarixiy-etnografik majmuasi va "Zamonlar sadosi" ko'rgazmasi bilan tanishdilar.
Turkman xalqining milliy yetakchisini O'zbekiston Respublikasining "Oliy Darajali Do'stlik" ordeni bilan taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
Tashrif tadbirlari yakunlangach, Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni davlatimiz rahbari kuzatib qo'ydi.
Shundan so'ng Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytib keldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi