Logo

Samarqandda o'tgan O'zbekiston-Iordaniya sammiti yakunlandi

Avgust 26, 2025. 17:50 • 28 soniya

98
Samarqandda o'tgan O'zbekiston-Iordaniya sammiti yakunlandi

TOSHKENT, 26-avgust. /"Dunyo" AA/.  Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husaynning O'zbekistonga davlat tashrifi nihoyasiga yetdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, kuni kecha davlat rahbarlari Samarqandning diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurdilar. Bugun bo'lib o'tgan samarali muzokaralarda hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor va istiqbolli yo'nalishlari belgilandi, ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib olindi.


Tadbirlar yakunlangach, Samarqand xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo'ydi.


Shu bilan davlatimiz rahbari Samarqandga safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish