2024-yilda Xitoy investitsiyalari hajmi 10 milliard dollardan oshdi
Sentabr 02, 2025. 14:38 • 41 soniya
• 353
TOSHKENT, 2-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Xitoyga rasmiy tashrifning ishbilarmonlik dasturi doirasida ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tadbirda "China Gold", "China Coal Resources", "China Datang Corporation", "Tianjin Rail Transit Group", "Poly Changda", "Tianjin Urban Construction", "Jinchuan Group", "China Synfuels", "Jinchuan", "ST Wonderful", "Mizuda", "World Agriculture", "Dongzhu Ecology" va boshqa kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari Xitoy biznesining O'zbekistonga qiziqishi har doimgidek yuqori ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi. O'tgan yilning o'zida investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshdi.
Uchrashuvda energetika, geologiya, qishloq va suv xo'jaligi, kimyo, zargarlik sanoati, jamoat transportini modernizatsiya qilish, infratuzilmani rivojlantirish va turizm sohalarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari ko'rib chiqildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
O'zbekiston Prezidentining Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston Prezidenti Yaponiyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi
O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga keldi