Logo

Bokuda O'zbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi

Iyul 02, 2025. 17:01 • 29 soniya

491
Bokuda O'zbekiston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 2-iyun. /"Dunyo" AA/. Bugun "Zagulba" qarorgohida Ozarbayjonga davlat tashrifi bilan kelgan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, qarorgoh oldidagi maydonda ikki davlat bayroqlari ko'tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev samimiy kutib oldi.

Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida faxriy qorovul davlat rahbarlari oldidan saf tortib o'tdi.

Birgalikda suratga tushishdan so'ng O'zbekiston va Ozarbayjon Prezidentlarining tor doiradagi uchrashuvi boshlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish