Lyublyana shahrida O'zbekiston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi
May 22, 2025. 16:17 • 34 soniya
• 104
TOSHKENT, 22-may. /"Dunyo" AA/. Bugun Lyublyanadagi Kongress maydonida Sloveniyaga rasmiy tashrif bilan kelgan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston yetakchisini Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musar samimiy kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saflandi. Harbiy orkestr O'zbekiston va Sloveniya davlat madhiyalarini ijro etdi.
Ikki mamlakat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o'tib, rasmiy delegatsiyalar a'zolari bilan salomlashdilar.
Rasmiy marosimdan so'ng "Zvezda" bog'ida urush qurbonlari xotirasiga hurmat hamda tinchlik va insonparvarlik g'oyalariga sadoqat ramzi sifatida Barcha urushlar qurbonlari yodgorligiga gul qo'yildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi