Logo

O'zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida Fuzuliy shahriga keldi

Iyul 03, 2025. 16:09 • 44 soniya

511
O'zbekiston Prezidenti Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida Fuzuliy shahriga keldi

TOSHKENT, 3-iyul. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida bugun Fuzuliy shahriga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, aeroportda oliy martabali mehmonni Ozarbayjon madaniyat vaziri Odil Kerimli va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Shahar buyuk ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Muhammad Fuzuliy nomi bilan atalgan. Mamlakatning janubi-g'arbiy qismida joylashgan bu shahar azaldan Qorabog'ning "janubiy darvozasi" hisoblanadi.

2020-yildan boshlab Fuzuliy tumani va shahrida keng ko'lamli qayta tiklash dasturi amalga oshirilmoqda. 2021-yilda foydalanishga topshirilgan Fuzuliy aeroporti barpo etilgan muhim obyektlardan biri bo'ldi. Shaharda, shuningdek, zamonaviy turar joy majmualari, tibbiyot va ta'lim muassasalari, infratuzilma obyektlari qad rostladi, yangilari qurilmoqda.

2023-yil avgust oyida ikki mamlakat yetakchilari shaharda O'zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan birodar xalqlarimiz o'rtasidagi mustahkam do'stlik ramzi sifatida qurilgan Mirzo Ulug'bek nomidagi zamonaviy maktabni ochgan edilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish