Logo

Ko'ksaroy qarorgohida Bolgariya Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo'ldi

Iyun 10, 2025. 12:51 • 29 soniya

499
Ko'ksaroy qarorgohida Bolgariya Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo'ldi

TOSHKENT, 10-iyun. /"Dunyo" AA/. Bugun Ko'ksaroy qarorgohida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Bolgariya Prezidenti Rumen Radevni rasmiy kutib olish marosimi bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, qarorgoh oldidagi maydonda ikki mamlakat davlat bayroqlari ko'tarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Prezidentimiz oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Davlat madhiyalari yangradi. Harbiy orkestr sadolari ostida yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan o'tib, rasmiy delegatsiyalar a'zolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushishdan so'ng davlat rahbarlarining delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari boshlandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish