Logo

Samarqand shahrida Iordaniya Podshohini tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi

Avgust 26, 2025. 12:54 • 32 soniya

319
Samarqand shahrida Iordaniya Podshohini tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 26-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo'lib turibdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, bugun kuni Samarqand shahrida tashrifning asosiy tadbirlari Iordaniya Podshohini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi.

Kongress markazi binosi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. O'zbekiston Prezidenti oliy martabali mehmonni samimiy qarshi olib, shohsupaga taklif etdi.

Harbiy orkestr ikki mamlakat davlat madhiyalarini ijro etdi.

O'zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi faxriy qorovul safi oldidan o'tib, rasmiy delegatsiya a'zolarini qutladilar.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish