O'zbekiston Prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi yakunlandi
May 21, 2025. 21:28 • 33 soniya
• 56
TOSHKENT, 20-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga rasmiy tashrifi bugun yakuniga yetdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston yetakchisi 20-may kuni Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan tor va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar o'tkazdi, Milliy majlis spikeri Laslo Kyover, Vengriyaning yetakchi bank va kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazdi.
Bugun O'zbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etib, ko'p qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.
Tadbirlar yakunlangach, Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Sloveniyaga jo'nab ketdi. Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Vengriya rasmiylari kuzatib qo'ydi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi