Logo

O'zbekiston Prezidenti Xitoy Raisiga Guychjou provinsiyasida yuz bergan fojia oqibatida ko'plab insonlar hayotdan ko'z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

May 06, 2025. 21:41 • 29 soniya

198
O'zbekiston Prezidenti Xitoy Raisiga Guychjou provinsiyasida yuz bergan fojia oqibatida ko'plab insonlar hayotdan ko'z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

TOSHKENT, 6-may. /"Dunyo" AA/. Xitoyning Guychjou provinsiyasida yuz bergan fojia oqibatida ko'plab insonlar hayotdan ko'z yumgani va jarohat olgani munosabati bilan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Raisi Si Szinpinga ta'ziya yo'lladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov o'zining telegram kanalida yozdi.

"Davlatimiz rahbari halok bo'lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada sog'ayib ketishini tiladi", – deyiladi xabarda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish