Logo

Ozarbayjon delegatsiyasi Birinchi parlamentlararo forumda ishtirok etish uchun O'zbekistonga tashrif buyurdi

Iyun 30, 2025. 18:42 • 33 soniya

57
Ozarbayjon delegatsiyasi Birinchi parlamentlararo forumda ishtirok etish uchun O'zbekistonga tashrif buyurdi

XIVA, 30-iyun. /"Dunyo" AA/. Bugun Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi Sohiba G'afarova boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Birinchi O'zbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo forumida ishtirok etish uchun O'zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Urganch xalqaro aeroportida Ozarbayjon parlament delegatsiyasini O'zbekiston Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva kutib oldi.

Mazkur forum ikki davlat o'rtasidagi do'stona munosabatlarni, xususan, parlamentlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Tadbirda ikki davlat parlament a'zolari, ayol deputatlar va yoshlar parlamentlari vakillari ishtirok etadi.

Erta Xiva shahrida bo'lib o'tadigan forum O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash yo'lidagi navbatdagi qadam bo'ladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish