Logo

Italiyada "Boburnoma" asarining italyan tilidagi nashrining taqdimoti bo'lib o'tdi

Fevral 14, 2025. 19:25 • 49 soniya

179
Italiyada "Boburnoma" asarining italyan tilidagi nashrining taqdimoti bo'lib o'tdi

TOSHKENT, 14-fevral. /"Dunyo" AA/. Buyuk vatandoshimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Italiyada O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, mamlakatimiz elchixonasi hamda Rim shahridagi "Sandro Teti Editore" nashriyot uyi hamkorligida "Boburnoma" asarining italyan tilidagi tarjimasi taqdimotlari o'tkazilmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Tarjima mazkur nashriyot tarafidan O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning so'zboshisi bilan ko'p nusxada chop etilgan.

Florensiya shahridagi tarixiy "Palasso Strossi" qasrida tarixchi va sharqshunos olimlar, jamoat va madaniyat arboblari ishtirokida tashkil etilgan taqdimot marosimida Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va ijodi, "Boburnoma" asarining mohiyati haqida atroflicha so'z yuritildi.

Tadbirda italiyalik atoqli olim, professor Franko Kardini, "Palasso Strossi" majmuasi prezidenti, Italiya Senati a'zosi Rekardo Nenchini, "Sandro Teti Editore" nashriyoti rahbari Sandro Teti, O'zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Bahrom Abduhalimov, mamlakatimiz elchisi Abat Fayzullayev, O'zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov va boshqalar so'zga chiqib, "Boburnoma" asarining ushbu mamlakatda nashr etilishi ikki davlat o'rtasidagi ijtimoiy-ma'naviy aloqalar rivojida muhim voqea bo'lganini ta'kidladilar. 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish