JIDUda "O'zbekistonning energetik xavfsizligi va mintaqaviy hamkorlik" mavzusida seminar bo'lib o'tayapti
Sentabr 05, 2025. 18:27 • 44 soniya
• 27
TOSHKENT, 5-sentabr. /"Dunyo" AA/. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida (JIDU) "Nippon" jamg'armasi (Yaponiya) loyihasining dastlabki hisobotini muhokama qilishga bag'ishlangan "O'zbekistonning energetik xavfsizligi va mintaqaviy hamkorlik" mavzusida seminar bo'lib o'tmoqda, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur loyiha energiya xavfsizligi, mintaqaviy hamkorlik va barqaror rivojlanish yo'nalishlarida innovatsion yechimlarni ishlab chiqishga qaratilgan bo'lib, O'zbekiston Energetika xavfsizligi konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish doirasida amalga oshirilmoqda.
Seminar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan "Nippon" jamg'armasi va JIDU huzuridagi Ilg'or xalqaro tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda vazirlik va idoralar, akademik doiralar hamda ekspertlar ishtirok etib, energiya xavfsizligi sohasidagi dolzarb masalalar bo'yicha fikr almashmoqda.
Seminarda xalqaro siyosatdagi o'zgarishlar, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda milliy qonunchilikni takomillashtirish zarurati muhokama qilinyapti.
Mutaxassislar O'zbekistonning mintaqaviy energetika hamkorligidagi roli va milliy energiya xavfsizligi tizimini mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Jenevadagi Millatlar saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni o‘tkazildi
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
“Saodat” jurnalining bir asrlik yubiley bayrami nishonlandi
Qoraqalpoq o‘tovi YUNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi