O'zbekiston delegatsiyasi Xitoyning Shinjon-Uyg'ur avtonom rayonining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va turizm salohiyati bilan tanishadi
Avgust 01, 2025. 14:11 • 52 soniya
• 108
URUMCHI, 1-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo'yicha qo'mitasi hamda Tashqi ishlar vazirligi "Dunyo" axborot agentligi xodimlaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasining Xitoyning Shinjon-Uyg'ur avtonom rayoniga safari boshlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo'yicha qo'mitasi raisi o'rinbosari Bekzod Shukurov boshchiligida delegatsiya 1-7-avgust kunlari Shinjon-Uyg'ur avtonom rayonida bo'lib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, madaniy va turizm imkoniyatlari bilan tanishadi.
Jumladan, Shinjon-Uyg'ur avtonom rayoni mutasaddilari, tadbirkorlar va ijtimoiy soha vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar o'tkazish, tunu kun faoliyat ko'rsatadigan madaniy-gastronomik ko'chalarni tashkil etish bo'yicha tajriba almashish, yirik savdo-iqtisodiy obyektlar, xususan xalqaro quruqlik porti, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, yurtimizda millatlararo munosabatlarni ta'minlash sohasidagi keng ko'lamli islohotlar to'g'risida maxsus taqdimot o'tkazish, xalq diplomatiyasi vositasida o'zaro hamkorlikni kengaytirish bo'yicha muzokaralar o'tkazish, ishlash va o'qish maqsadida Shinjon-Uyg'ur avtonom rayonida bo'lib turgan hamyurtlarimiz holidan xabar olish va mazkur hududdagi o'zbek diasporasi faollari bilan uchrashuvlar o'tkazish nazarda tutilgan.
Delegatsiya vakillari Urumchi, Turfon va Bole shaharlarining diqqatga sazovor joylar hamda tarixiy obidalari bilan ham tanishadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Jenevadagi Millatlar saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni o‘tkazildi
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
“Saodat” jurnalining bir asrlik yubiley bayrami nishonlandi
Qoraqalpoq o‘tovi YUNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi