Buxoroda XXI an'anaviy xalqaro "Ipak va ziravorlar" festivali bo'lib o'tmoqda
Iyun 06, 2025. 11:33 • 48 soniya
• 645
BUXORO, 6-iyun. /"Dunyo" AA/. Buxoro shahrida bugun XXI an'anaviy xalqaro "Ipak va ziravorlar" festivali boshlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Joriy yilgi festivalda Afg'oniston, Eron, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg'iziston va boshqa davlatlardan 50 nafardan ortiq xorijiy hunarmandlar, shuningdek, O'zbekistonning turli hududlaridan 200 nafardan ziyod mahalliy ustalar qatnashmoqda.
Festival ishtirokchilari va mehmonlari an'anaga muvofiq "Ark" qo'rg'onidan "Labi hovuz" majmuasigacha bo'lgan yo'nalishda rangin yurish amalga oshirdi. "Labi hovuz"da tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi va u ko'tarinki ruhda o'tmoqda.
Tadbir doirasida folklor jamoalar chiqishlari, turli hunarmandchilik yo'nalishlari bo'yicha mahorat darslari, ipak va milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko'rgazmalari, ziravorlar savdosi, milliy sport o'yinlari, "Silk&Spices Fashion Days" moda ko'rgazmasi, "Palov sayli" va tasviriy-amaliy san'at namoyonlari o'tkazilmoqda.
Festival xorijiy va mahalliy mehmonlarda katta qiziqish uyg'otmoqda. Buxoroning tarixiy muhitida o'tayotgan ushbu anjuman nafaqat madaniy hordiq, balki hunarmandchilik an'analarini saqlash va rivojlantirish, turizmni rag'batlantirishga xizmat qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
“Saodat” jurnalining bir asrlik yubiley bayrami nishonlandi
Qoraqalpoq o‘tovi YUNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi