O'zbekistonda "Do'stlik" festivali boshlandi
Iyul 25, 2025. 17:23 • 2 daq
• 171
TOSHKENT, 25-iyul. /"Dunyo" AA/. Bugun O'zbekistonda BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga muvofiq har yili 30-iyul kuni nishonlanadigan "Xalqlar do'stligi" kuniga bag'ishlangan "Do'stlik" festivali boshlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Festival doirasida ozodlik, barqarorlik va davlatchiligimizning ko'p asrlik tarixi timsoli – "Yangi O'zbekiston" bog'idagi Mustaqillik monumenti poyiga gul qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.
Marosimda O'zbekiston Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo'yicha qo'mitasi, milliy madaniyat markazlari, do'stlik jamiyatlari vakillari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbirdan so'ng matbuot anjumani bo'lib o'tdi va unda tadbir tashkilotchilari festivalning maqsadi va dasturi haqida ma'lumot berdi.
Qayd etilganidek, yurtimizda millatlararo totuvlikni ta'minlash, xorijdagi vatandoshlar bilan do'stona aloqalar va o'zaro hamkorlikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Tashkilotchilar ko'ra, bunday tadbirlar turli madaniyat va millat vakillari o'rtasida o'zaro hurmat va ishonch muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Festival 31-iyulga qadar davom etadi va uning doirasida ko'rgazmalar, konsertlar, she'riyat kechalari, xalqaro konferensiya va boshqa tadbirlar tashkil etiladi.
Shu bilan birga, yurt taraqqiyoti, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, xalqlar do'stligini mustahkamlashga munosib hissa qo'shayotgan vatandoshlar, milliy madaniyat markazlari, hamkor vazirlik va idoralarning vakillarini "Xalqlar do'stligi" nishoni bilan taqdirlashga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tadi. Shuningdek, milliy markazlar o'rtasida o'tkazilgan onlayn tanlovlar natijalarini sarhisob qilish ham o'rin olgan.
Festival nafaqat poytaxtimizda balki mamlakatimiz hududlarida ham tashkil etilyapti. Mazkur anjuman O'zbekistonda istiqomat qilayotgan turli xalqlar o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash uchun yana bir imkoniyat bo'lishi kutilmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Jenevadagi Millatlar saroyida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni o‘tkazildi
Jenevada “Yangi O‘zbekiston: Shavkat Mirziyoyev yo‘li” kitobining taqdimoti bo‘ldi
“Saodat” jurnalining bir asrlik yubiley bayrami nishonlandi
Qoraqalpoq o‘tovi YUNESKO Reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi