Logo

O'zbekiston pavilyoni "Expo Osaka 2025 Kansai" xalqaro ko'rgazmasida "Red Dot: Best of the Best" mukofotiga sazovor bo'ldi

Avgust 03, 2025. 12:43 • 44 soniya

792
O'zbekiston pavilyoni "Expo Osaka 2025 Kansai" xalqaro ko'rgazmasida "Red Dot: Best of the Best" mukofotiga sazovor bo'ldi

TOKIO, 3-avgust. /"Dunyo AA/. O'zbekiston pavilyoni "Expo Osaka 2025 Kansai" xalqaro ko'rgazmasi doirasida o'tkazilgan "Red Dot Award: Brands & Communication Design" tanlovining "Ko'rgazma stendlari" nominatsiyasida "Red Dot: Best of the Best" mukofotiga loyiq ko'rildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi telegram-kanaliga qo'ra, Red Dot Award – bu dizayn va kommunikatsiya sohasida dunyo miqyosida tan olingan yetakchi mukofotlardan biridir. Turli yillarda ushbu e'tirofga "Apple", "Ferrari", "Philips", "LG" kabi global brendlar va sanoat yetakchilari sazovor bo'lib, ular bugungi kunda jahon dizayni va brending standartlarini shakllantirmoqda.

"Bugun esa ushbu faxriy ro'yxatga O'zbekiston pavilyoni ham qo'shildi – xalqaro sahnada mamlakatimizning madaniy merosi, ochiqligi va zamonaviy taraqqiyotini ifodalovchi noyob loyiha sifatida e'tirof etildi",- deya qayd etiladi jamg'arma rasmiy sahifasida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish