Logo

O'zbek milliy madaniyati Nyu-Yorkda o'tkazilgan an'anaviy paradda namoyish etildi

May 26, 2025. 13:20 • 41 soniya

89
O'zbek milliy madaniyati Nyu-Yorkda o'tkazilgan an'anaviy paradda namoyish etildi

NYU-YORK, 26-may. /"Dunyo" AA/. Nyu-Yorkda an'anaviy Turk paradi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ushbu madaniy tadbir Turkiya hukumati va diplomatik vakolatxonalari ko'magida AQShdagi turk jamiyati tomonidan tashkil etildi. Parad 1981-yildan beri muntazam o'tkazib kelinmoqda va AQShdagi turkiy diasporaning eng ko'zga ko'ringan tashabbuslaridan biri hisoblanadi.

Joriy yilgi paradda O'zbekiston Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi ko'magida "Turkiston-Amerika" assotsiatsiyasi o'zining madaniy dasturini namoyish qildi.

Milliy uslubda va davlat bayroqlari bilan bezatilgan ko'chma sahnada hamyurtlarimizdan iborat ijodiy guruh tomonidan o'zbek xalq raqslari ijro etildi. Tarixiy vatandoshlarimizning yorqin chiqishlari tomoshabinlarda katta qiziqish uyg'otdi va parad madaniy dasturining eng qiziqarli tadbiriga aylandi.

Turk paradida o'zbek diasporasining ishtiroki turkiy birdamlik ruhini ta'kidlab, O'zbekiston madaniy boyligi va milliy o'ziga xosligini xalqaro maydonda munosib tarzda namoyish etish imkonini berdi. 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish