O'zbekiston diplomatlari Aktobe shahrida tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdilar
Noyabr 24, 2025. 10:11 • 2 daq
• 136
OQTOV, 24-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Bosh konsulxonasi xodimlari Qozog'istonning Aktobe shahridagi Kudaybergen Jubanov nomidagi Aktobe mintaqaviy universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Uchrashuv avvalida diplomatlar yig'ilganlarni O'zbekiston Davlat bayrog'i qabul qilinganining 34 yilligi bilan tabriklab, ushbu davlat ramzi umuminsoniy qadriyatlar, shonli tarix, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo totuvlik va birodarlik timsoli ekanini ta'kidladilar.
Shuningdek, uchrashuvda xorijlik talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, o'zbekistonlik talabalarning o'qish va yashash sharoitlari haqida fikr almashildi, tashabbuslar va yoshlarni qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida talabalarga Qozog'istonning migratsiya qonunchiligi, jumladan, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar, migratsiya hujjatlarini rasmiylashtirish tartib-taomillari, xorijiy fuqarolarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, migratsiya rejimiga rioya etishga doir asosiy talablar tushuntirib berildi.
Qudaybergen Jubanov nomidagi Aqto'be mintaqaviy universitetida bugungi kunda 128 nafarga yaqin hamyurtlarimiz texnika, iqtisodiyot va filologiya mutaxassisliklari bo'yicha ta'lim olmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi