O'zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlarida ta'lim olayotgan vatandosh talabalar bilan muloqot tashkil etildi
May 22, 2025. 15:41 • 48 soniya
• 48
LONDON, 22-may. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida mamlakatimizning mutasaddi tashkilotlari rahbarlari, oliy ta'lim muassasalari rektorlari, ilmiy tadqiqotchilar va Britaniyada tahsil olayotgan vatandosh talablar ishtirokida uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Kembrij, London kollej universiteti, Qirolicha Meri universiteti, Lankaster, LSE, SOAS, Reding, Brunel, Vestminister va boshqa oliy ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan hamyurtlarimiz ishtirok etdi.
Uchrashuv o'zbekistonlik talaba va yoshlar bilan doimiy muloqotni yo'lga qo'yish, ularda vatanparvarlik tuyg'usini mustahkamlash, kelgusi rejalari bilan tanishish, shuningdek, zaruriy hollarda ularga huquqiy va amaliy yordam ko'rsatish maqsadida tashkil etildi.
Muloqot chog'ida "El-yurt umidi" jamg'armasi tomonidan bugungi kunda 200 nafardan ziyod stipendiat Britaniyaning global akademik reytinglarda TOP-300 talikka kirgan nufuzli universitetlarida mamlakatimiz uchun ustuvor hisoblangan mutaxassisliklar buyicha o'qishlarini davom ettirayotgani ta'kidlandi. Shuningdek, O'zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar va ularning mazmun-mohiyatiga e'tibor qaratildi.
Tadbirda so'zga chiqqan vatandosh talabalar o'zlarining taklif va tashabbuslarini mutasaddilarga yetkazdilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi
Malayziyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgan O‘zbekiston fuqarolari diqqatiga