Logo

O'zbekistonlik o'quvchilar Bangkokda o'tgan xalqaro matematika olimpiadasida 5 ta oltin, 7 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo'lga kiritdi

Avgust 22, 2025. 18:39 • 40 soniya

158
O'zbekistonlik o'quvchilar Bangkokda o'tgan xalqaro matematika olimpiadasida 5 ta oltin, 7 ta kumush va 7 ta bronza medalini qo'lga kiritdi

BANGKOK, 23-avgust. /"DunyoAA/. Tailand poytaxti Bangkok shahrida o'tkazilgan "SIMSO-2025 Final round in Bangkok, Thailand" Siam xalqaro matematika olimpiadasining final bosqichi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur olimpiada 2018-yildan buyon ICE xalqaro ta'lim tashkiloti tomonidan o'tkazilib kelinmoqda. Olimpiada ikki bosqichdan iborat bo'lib, birinchi mahalliy bosqichda O'zbekistondan 300 nafarga yaqin o'quvchi ishtirok etdi va ulardan 30 nafari final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Olimpiadaning final bosqichida qatnashgan O'zbekiston o'quvchilari 20 ga yaqin davlatdan tashrif buyurgan bilimdonlar bilan o'zaro bellashib, 5 ta oltin, 7 ta kumush, 7 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.

Bilimlar bellashuvi yakunida yurtimizdan vakillariga O'zbekiston Bosh konsulxonasi nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alari topshirildi.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish