Qurbon hayiti arafasida Yekaterinburg shahrida tahsil olayotgan hamyurtlarimiz holidan xabar olindi
Iyun 08, 2025. 11:39 • 32 soniya
• 66
YEKATERINBURG, 8-iyun. /"Dunyo" AA/. Muqaddas Qurbon hayiti arafasida Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tahsil olayotgan hamyurtlarimiz uchun xayriya tadbiri tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur loyiha O'zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Yekaterinburg shahrida tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan faol vatandoshlarimiz ko'magida uyushtirildi.
Tadbir doirasida Ural davlat tibbiyot universiteti yotoqxonalarida istiqomat qilayotgan 140 nafar vatandosh talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Talabalar bilan o'tkazilgan ochiq muloqot chog'ida esa yosh vatandoshlarimizning ta'lim jarayoni, yashash sharoitlari, kundalik hayotda yuzaga kelayotgan muammolar xususida fikr almashildi. Shuningdek, talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga diplomatlardan batafsil javob oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi vatandoshlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi