AQShning Kupertino shahrida o'tgan Xalqaro bolalar festivalida O'zbekiston ko'rgazmasi namoyish etildi
Sentabr 01, 2025. 15:07 • 31 soniya
• 45
KUPERTINO, 1-sentabr. /"Dunyo" AA/. Amerikaning Kaliforniya shtati Kupertino shahrida Xalqaro bolalar festivali bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda San-Fransisko shahridagi o'zbek hamjamiyati vakillari faol ishtirok etishdi. Festival doirasida mamlakatimizning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi bilan birgalikda O'zbekistonning boy madaniy merosi va zamonaviy yutuqlariga bag'ishlangan ko'rgazma tashkil etildi.
O'zbekiston ko'rgazmasi festivalning ko'plab mehmonlarida katta qiziqish uyg'otdi va "Tadbirning eng yaxshi ko'rgazmasi" deya e'lon qilindi.
AQShdagi o'zbek hamjamiyatining mazkur tadbirda ishtiroki xorijdagi vatandoshlarning milliy o'zligini saqlash va madaniyatini keng targ'ib qilish yo'lidagi navbatdagi qadam bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
AQShdagi Braun universitetida otishma vaqtida o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi
Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Konstitutsiyasi kuni nishonlandi
Norvegiyadagi vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi
Karachida og'ir vaziyatga tushib qolgan yurtdoshimiz holidan xabar olindi