"Vatanga qaytarish" insonparvarlik aksiyasi: Olmaotada mushkul ahvolda qolgan ona va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandi O'zbekistonga olib kelindi
Avgust 14, 2025. 07:31 • 50 soniya
• 216
OMAOTA, 14-avgust. /"Dunyo" AA/. Qozog'istonning Olmaota shahrida mushkul ahvolda qolgan vatandoshimiz G.R. va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari O'zbekiston diplomatlari ko'magida mamlakatimizga olib kelindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur insonparvarlik ko'magi O'zbekistonda 30 -yuldan 30-avgustgacha e'lon qilingan "Vatanga qaytarish" xayriya aksiyasi doirasida amalga oshirildi.
Diplomatlar G.R. va uning ikki nafar voyaga yetmagan farzandini Olmaota-Toshkent yo'nalishidagi aviaqatnovi bilan Vatanga yetib olishini ta'minladilar.
Vatandoshlarimiz O'zbekistonga qaytgandan so'ng Toshkent viloyati hokimligi hamda Oila va xotin-qizlar qo'mitasi viloyat bo'limi vakillari tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Shuningdek, ularga psixologik, moddiy va boshqa masalalarda zarur yordam ko'rsatilyapti.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi




