Osiyo konstitutsiyaviy sudlarining VII kongressida tarixiy Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi
Oktabr 05, 2026. 20:47 • 54 soniya
• 70
SAMARQAND,-5-oktabr. / "Dunyo" AA/. Osiyo konstitutsiyaviy sudlari va ekvivalent institutlari assotsiatsiyasining VII kongressi yakunlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi bir ovozdan qabul qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Yakuniy hujjat raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt jadal rivojlanayotgan bir sharoitda inson huquq va erkinliklarining konstitutsiyaviy himoyasini kuchaytirish, sudyalar mustaqilligini ta’minlash, konstitutsiyaviy nazorat organlari o‘rtasidagi xalqaro va mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Deklaratsiyada, sud sohasida sun’iy intellektdan foydalanishda inson nazoratini saqlab qolish, protsessual kafolatlarga amal qilish hamda shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish zarurligi alohida qayd etilgan.
Assotsiatsiya Prezidenti, O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudi raisi Mirza-Ulug‘bek Abdusalomov mazkur hujjatning qonuniylikni mustahkamlash hamda konstitutsiyaviy odil sudlov sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini alohida ta’kidladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi